четверг, 6 ноября 2014 г.

Iltimos, tupurmay yuring! 



Yurgan yo’ling yuzing deb bil.

 
Kecha ertalab twitterdagi lentani birma bir o’qib chiqar ekanman, followerimdan birining twitini o’qib qoldim:
@BoburAkmalov: “ Ertalab. Rus. Qo’lidagi axlatini borib o’rnaga tashladi. Ertalab. O’zbek. Xoynahoy ishlash uchun viloyatdan kelgan bo’lsa kerak. Og’zidagi nosini yo’lakka tupurdi.”

Bu bir ikki xil holat, ikki xil vaziyat, millatlar ham turlicha. Xo’sh o’zining turar joyi oldilari, umuman shahar ozodaligiga ruslar va o’zbeklar boshqacha qarashadimi, yoinki viloyatliklarni olaylik.
Mening fikrimcha, bunga zarracha mahalliychilik, millatning aloqasi yo’q, bor-yo’g’i ayrim kishilarda ko’cha-kuyda yurish madaniyatining yo’qligi hamda atrof-muhit tozaligiga loqaydligidan. Tepadagi mahalliychilik qilib yozilgan twit muhokamasiga keyin to’xtalamiz, u keyingi ikkinchi masala!

Hozir bilamiz, bahor fasli, ba’zan yog’ayotgan yomg’ir yerdagi kirlarni yuvadi, havoni changdan tozalaydi. Lekin shunday bo’lsada, yo’llarda ba’zi kishilarni tupurib, qo’pol bo’lsada aytish kerak, burun qoqib (aksariyat erkaklar) o’tib ketishlariga ko’zimiz tushadi. Bu atrofdagi odamlarni kayfiyatini buzish bilan birga yo’lakni ham ko’ngil aynir darajaga keltirib bejab qo’yishadi. Undan keyingi o’tib-qaytadigan odamlar o’zlari xohlamasa ham ular qoldirgan “san’at asari”ga beixtiyor ko’zlari tushadi. 

Qishda qorlar orasida sezilmasdi, hatto axlatlar ham ko’rinmasdi. Ammo kunlar isib havo iligandan keyin afsuski, mana bunday yuqoridagi holatlarning hammasi yaqqol ko’rinadigan bo’lib qoldi. Umuman olganda ba’zi joylarda yerga qarab yurib bo’lmaydi, odamni behuzur qiladigan holatlar ko’p. Bularni tushuntirish, targ’ibot ishlari bilan odamlarni ozodalikka chorlash orqali oz bo’lsada natijaga erishish mumkin, lekin baribir har bir insonning o’zida madaniyat bo’lmasa bu biroz mushkul masala.


Shu o’rinda mana shu ko’chada yurish borasida ma’lum qonun-qoida belgilansa yaxshi edi deb hisoblayman. Har bir tashlangan qog’ozmi, pista po’chog’imi, ma’lum jarimaga tortilsa, yoinki tepada aytilganidek har qayerda tupurib yuradiganlar uchun ham ma’lum jazo o’ylab ko’rilsa degan taklifni bergan bo’lardim. 

Bir manbada o’qigan edim havosining tozaligi va aholisining yashash umrining uzunligi bilan hammamizga ma’lum bo’lgan Shvetsiya mamlakatida ko’chada hatto bir dona pista po’chog’ini qoldirgan odamga nisbatan jazo qo’llanib, jarimaga tortilar ekan. Odamlar shu holatga kelganki, ular qonun yuzasidan emas, ozoda yurish-turish kunlik odatiy holga aylangan.

Qaniydi bizda ham bu joriy etilsayu, gap bilan yo’lga solib, tartibga keltira olinmagan ba’zibir kishilarni qonun-qoidalar orqali madaniyatli shaxsga aylantirsak.

8.04.2014.


Комментариев нет:

Отправить комментарий