пятница, 7 ноября 2014 г.

Sog’inchim sohibi

 


missing more








Sog’inch – eng dahshatli tuyg’u. Tasavvur qilib ko’ringa, kimnidir sog’inyapsiz, bu oz emas ko’p emas, bir necha kundan, oydan yoki yillardan buyon.
Ahvol shu darajaga borib yetganki, ruhiy azob o’rniga jismu joningiz og’rishini Xudodan o’tinib so’raysiz.
Nima qilsin, go’yo sog’inch azobidan ko’ra, tanangiz og’rig’i uning oldida hech narsadek tuyuladi.
Vaqt hamma narsaga davo deyishadi. Lekin davo qilsada, azoblari ham kuchli bo’ladi. Ko’nish yoki butkul unutish emas, shunga majbur ko’nikish hosil bo’ladi, xolos. Boshqa narsalar bilan ovunish yoki chalg’ish mumkin, ammo Sog’inchni yengish, uning qiynog’ini sezmaslik uchun bir holat kifoya: sog’inchingiz egasining birgina qo’ng’irog’i yoki kutilmagan tashrifi…

Har kecha xotiring yurakka qaytar
Zabt etar lahzada jismu jonimni
Tashqari chiqaman kecha munavvar…
Shunda takrorlayman yig’lab ismingni.
Ammo o’rtamizda bepoyon kecha,
Yulduzlar o’rtangan sokin bir xilqat,
Yolg’izim, mabodo ovozim yetsa, ishonma…
Yig’lama…
Unutma faqat!

Комментариев нет:

Отправить комментарий