пятница, 7 ноября 2014 г.

Pul – qanday yoqimli so’z ☺


Pul haqida nima yozishni o’ylab turgan bir paytimda, ancha oldin shu haqda bildirilgan fikr yodimga tushdi. Muallifi aniq esimda yo’qkuya, ammo so’zlari shunday edi:

“To’g’ri, ortiqcha pulni foniy dunyoga olib ketib bo’lmaydi, lekin shu sabil yetarlicha bo’lmasa boqiy dunyoda ham xotirjam yashay olmaysan”.




Rostini aytadigan bo’lsam, o’zim ham uning fikrlariga qo’shilaman. Yashirib nima qildim, pul bo’lmasa, istalgan kiymingni kiyolmaysan, havasing ketgan narsani yeyolmaysan, teatr, kino, hiyobon, umuman biror joyda xordiq chiqarmoqchi bo’lsang borolmaysan, istalgan attraksioningda to’yguningcha ucholmaysan.
Ishxonangda hamma tushlikka chiqib ketadi, tushlikka yetarlicha puling bo’lmasa, hijolat chekasan chiqolmaysan, uyingda chiroq yo’q, puli to’lanmagan, ishdan charchab kelganda maza qilib televizor ko’rolmaysan.
Oylik maoshing kam chiroq bilan gazni puli hop amallab to’langan bo’lsayu, ammo issiqda horib charchab kelib, dush qabul qilaman desang issiq suv yo sovuq suvni puli to’lanmagan bo’lsa maza qilib yuvinolmaysan.

 Bolalarning biri maktabga, birining bog’chasidagi xarajatlarchi uni berish kerak, puling bo’lmasa bolangni bog’chaga qo’yolmaysan, yoki bolalaringdan biri musiqaga yoinki sportga qiziqib qoldi, to’garagiga qatnashishini xohlaysanu, ammo uning xarajatlarini o’ylab o’ylovdan oqargan sochlaring yana bittaga ko’payadi, bolangning ko’nglini cho’ktirolmaysan.

Qarindoshing to’y qilyapti, yaxshigina to’yona qilsang dasturxonda gerdayib o’tirasan, sani to’yingda qilgan harajatni ko’proq qilib qaytarganing bilan tiliqisiqlik joying bo’lmaydi, xullas, pul judayam kerakli narsa, pul qo’lni kiri deymizu, uning bor ekanligi baribir juda yaxshida. U bo’lsa ko’ngling to’q, kayfiyating chog’, ishlaring besh bo’ladi. Agar ular yanayam xarajatlaringdanam ziyoda bo’lsaku nur ustiga a’lo nur!

Menga pul kerak emas, uni o’rniga boshqa narsani tanlayman degan odamga ishonmang, uning javobi samimiy bo’lmaydi, ich-ichidan xohlab turadiyu aytolmaydi.



 
Yana masalan, o’zimdan qiyos qilaqolay, pulim bo’lmaganida kompyuter sotib ola olmagan, internetga kirolmagan va uni blogimga joylay olmagan bo’lardim, eng asosiysi esa bu materialim yozilmagan va bundan sizlar bebahra qolgan bo’lardingiz. 

Ana shunaqa…

Комментариев нет:

Отправить комментарий